O‘zbek tilida hozirgi zamon fe’li yasovchi affiksining chiqib kelishi haqida bir necha ilmiy maqola va ishlarning maydonga kelganiga qaramay, shu vaqtga qadar mazkur affiksning qaysi fe’ldan kelib chiqqanligi to‘la isbotlanmagan. Shuningdek,
o‘zbek tiliga oid grammatik adabiyotlarda hozirgi zamon fe’li ikki gruppaga bo‘lib ko‘rsatilsa, ayrimlarida uch gruppaga ajratadi. Hozirgi zamon fe’lini uch turga ajratib ko‘rsatuvchilar -moqda affiksi bilan yasalgan fe’l formasini hozirgi zamon fe’lining alohida bir turi deb qaraydilar. Lekin prof. A.Xojiyev -moqda affiksi bilan yasalgan fe’llar hozirgi zamon fe’lining alohida bir turi bo‘la olmasligini ta’kidlaydi. Aslida -
moqda affiksi bilan yasalgan forma aniq hozirgi zamon fe’lining affiksial formasidir. Harakatning davomiyligini bildiradi
Ushbu maqola semelfaktiv fe’llarning aspectual va semantic trkumlanishini va strukturasini semantic va aspectual nuqtai nazardan yasalishini Ingliz izohli lug’ati va maxsus adabiy manbalarga tayanib o’rganadi